SportUz.Tv

Figu "Barselona"dan "Real"ga transferi haqida gapirdi

16.10.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu Kataloniyadan Madrid klubiga o'tgani borasida gapirdi.

"Barselona"da menga kerakli hamma narsa bor edi. "Real"ga o'tish esa o'zgacha chaqiruv bo'lgan. Qaror meni qadrlashlariga bog'liq bo'lgan. U erdagilar meni asosiy figura bo'lishimni aytishdi. Menimcha bu xato qaror bo'lgani yo'q. Bosimdan ham chiqib keta olganman", - dedi portugaliyalik.

"Real" 2000 yili o'sha paytdagi rekord summa - 62 mln evro evaziga Figuni "Barselona"dan sotib olgan. Ikki klubda Figu 5 yildan faoliyat olib borgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: