SportUz.Tv

Regragi: "15-20 yillarda Afrika termasi ham JCHni yutadi"

18.12.2022 14:23    


Rasmni yuklab olish

Marokash termasi bosh murabbiyi Volid Regragi Afrikadan ham jahon chempionlari bo'lishini aytdi.

"JCHda Afrikadan 9 terma qatnashadi va biz hali ham o'rganishda davom etyapmiz. 15-20 yildan so'ng Afrika termasi ham jahon chempioni bo'ladi, bunga ishonaman, chunki ungacha o'rganib bo'lamiz.

O'tilishi kerak bo'lgan yana bir qancha bosqichlar bor. Biz erishilgan natijalardan ko'ra ko'prog'i uchun harakat qilish to'sig'idan o'ta olishimiz kerak. Biz faqatgina Marokash emas, balki, butun Afrika uchun DNK yaratmoqdamiz.

Kiyim almashtirish xonasiga kirganda endi tarixga kirish uchun Afrika Kubogini yutishimiz kerak dedim. Biz o'z qitamizda etakchi bo'lishni istaymiz.

Ertaga nimaga erishganimizni sekin-sekin tushuna boramiz. Kichik  vaqtda biz katta tajribaga ega bo'ldik. Biz o'zimiz kutgandan ko'ra uzoqroqqa bora oldik, biroq endi bu keyingilari uchun kamlik qiladi. Bu narsa keyingi ishtirokchilar uchun namuna bo'lishi kerak. Umid qilamanki, bu natijalar Afrika uchun foydali bo'ladi.

Bizni ajoyib kelajak kutmoqda, albatta, endi oldinga harakat qilishdan to'xtamaymiz. Oldimizga maqsad qo'yamiz va bir kun kelib, jahon chempioni bo'lamiz. Bu biz uchun ham bosim bo'laversin.

Dunyoning eng kuchli termalari bilan kurasha olish mumkinligini namoyish qilib berdik. Bunday o'yinlarda barchasi kichik detallarga bog'liqligini ko'rsatdik", - dedi Regragi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: