SportUz.Tv
iks
ads

"Al Nassr"da g'alaba, Masharipov 73 daqiqa o'ynadi, Ronaldu esa...

07.01.2023 07:46    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 12-tur doirasidagi "Al Nassr" - "Al Tai" o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvni "Al-Nassr"ning yangi o'yinchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordi. 37 yoshli hujumchi Angliya futbol associaciyasi tomonidan qo'yilgan ikkita taqiqni o'tkazishi kerak.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov esa o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi. Bahs esa Taliskaning dubli evaziga mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. 

Qayd etish kerakki, o'yinchining ikkinchi goliga darvozabon David Ospina assistentlik qildi.

"Al-Nassr" — "Al Tai"

Gollar: Taliska (42, 47).

SAUDIYA ARABISTONI CHEMPIONATI TURNIR JADVALI



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: