
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone 2022/23 yilgi mavsum yakunida jamoadan ketadi. Bu haqda "El Chiringuito" nashri jurnalisti Pako Garsiya Karidada xabar berdi.
52 yoshli Simeone 2011 yildan beri "Atletiko" bosh murabbiyi sifatida ishlayapti. U klub bilan ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. SHuningdek, Evropa Superkubogi, Ispaniya Kubogi, Evropa Ligasi sohibi bo'ldi va ikki marta CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi.
"Atletiko" ushbu mavsum unchalik yaxshi ko'rinmayapti. Madrid jamoasi CHempionlar Ligasidan chiqib ketgan, La Ligada esa 5-o'rinda bormoqda.
SHavkat Rahmonov qanday holatda UFC chempionlik poygasiga qaytishi mumkinligi aytildi
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi
Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)
Merab Dvalishvili: "Men barcha dog'istonliklarni hurmat qilaman, faqat bir kishidan tashqari"