SportUz.Tv

PSJ yangi stadion qurmoqchi

08.02.2023 20:46    


Rasmni yuklab olish

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan.

PSJ yangi stadion qurish uchun "Legends" va "Colliers" kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.

Dastlab Franciya chempionlari "Park de Prens"ni sotib olib, uning sig'imini oshirmoqchi edi. Biroq Parij meri Ann Idalgo stadion sotilmasligini aytdi. SHundan so'ng PSJ o'z arenasini qurishga qaror qildi.

"Legends" avvalroq "Tottenxem", "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublarida ishlagan. Har ikki kompaniyaning birinchi vazifasi – Parijda yangi stadion qurish uchun joy topish.

Oldinroq PSJ Zieshning muvaffaqiyatsiz transferi aybdori kimligini aytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: