SportUz.Tv

Manba: "Yuventus" "Frayburg"ga qarshi javob uchrashuvida etakchilarsiz o'ynashi mumkin

16.03.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Massimiliano Allegri kadrlar bilan bog'liq jiddiy muammoga duch keldi.

"Yuventus" Evropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Frayburg"ga qarshi javob o'yinidan oldin bir talay yo'qotishlarga ega, deb xabar berdi "La Gazetta dello Sport". 

Federiko Kezaning ushbu uchrashuvda ishtirok etmasligi deyarli aniq. SHuningdek, Anxel Di Mariya, Pol Pogba, Leonardo Bonuchchi, Aleks Sandro va Arkadiush Milik umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmadi.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" birinchi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Turinliklar A Seriyada ochkolardan mahrum qilingach, aynan Evropa Ligasidagi muvaffaqiyat evaziga CHempionlar Ligasiga chiqishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: