SportUz.Tv

Ravshan Haydarov: "Dastlabki vazifa bajarildi"

27.05.2023 08:23    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Gvatemalaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor, oldimizga qo'ygan birinchi vazifamiz - guruhdan chiqishni uddalaganimiz bilan yigitlarga rahmat aytaman. Sababi o'tgan turda durang o'ynaganimiz bois, keyingi bosqich yo'llanmasi jumboq bo'lib turgandi. 

O'ylaymanki bugun o'yin bo'yicha ham, ishtiyoq bo'yicha ham, mahorat bo'yicha ham Gvatemala jamoasidan ustunlik qildik va bu hisobda aks etdi. Keyingi bosqich o'yinlari bundan ham shiddatli bo'ladi, tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz", - dedi Ravshan Haydarov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: