
"The Athletic" malumotlariga qaraganda, muzokaralarga yaqin bo'lgan bir qancha manbalarga tayanib xabar berishicha, Messining shartnomasida liganing ikki yirik tijoriy hamkorlaridan olinadigan pullar ham kiritilgan.
MLS va Apple shu yilning bahorida 2,5 milliard dollarni tashkil etuvchi 10 yillik bitimga imzo chekdilar. SHartlarga ko'ra, liga o'yinlari MLS Season Pass obunasi orqali Apple TVda translyaciya qilinadi. "Inter"ga o'tgandan so'ng Messi xizmatga yangi obunachilardan tushgan daromadning bir qismini oladi.
O'z navbatida, Adidas Lionelga futbolchining Amerika klubiga o'tishi bilan bog'liq foydaning bir qismini taklif qildi. Bu yil kompaniya MLS bilan 830 million dollarlik 6 yillik shartnoma tuzdi. Adidas liganing barcha 29 jamoasi uchun to'plamlarni etkazib beradi, shuningdek, liganing rasmiy to'pini ishlab chiqadi va liganing rasmiy homiysi hisoblanadi.
2017 yilda Messi va Adidas bir umrlik homiylik shartnomasini tuzishgan.
SHavkat Rahmonov qanday holatda UFC chempionlik poygasiga qaytishi mumkinligi aytildi
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi
Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)
Merab Dvalishvili: "Men barcha dog'istonliklarni hurmat qilaman, faqat bir kishidan tashqari"