SportUz.Tv

UEFA Mourinoning diskvalifikaciyasi bo'yicha apellyaciyani rad etdi

28.07.2023 13:00    


Rasmni yuklab olish

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino hakamni haqorat qilgani uchun Evrokuboklarning to'rtta o'yiniga chetlatilgandi.

Klub bu bo'yicha UEFAga apellyaciya bergandi. Biroq tashkilot ushbu diskvalifikaciyani o'z kuchida qoldirdi. SHu tariqa, "Roma"ning Evropa ligasi guruh bosqichidagi dastlabki to'rtta o'yinida Mourino zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi. 

Eslatib o'tamiz, Evropa ligasi finalida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda hakam Entoni Teylor "Roma"ning etti nafar futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatgandi. SHundan so'ng Mourino hakamlikdan norozi bo'lgan va Teylorni haqorat qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: