SportUz.Tv

Xoland Angliyada yil futbolchisi deb tan olindi

30.08.2023 14:23    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-Ligasi professional futbolchilar associaciya talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Norvegiyalik o'tgan mavsumda APLda bir mavsum davomida gol urish bo'yicha rekordni yangiladi. Erling musobaqaning 35 o'yinida 36 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan birga u "shaharliklar" bilan Angliya chempioni, Kubogi g'olibi va CHempionlar Ligasida zafar quchdi.

Forvard so'rovnomada jamoadoshlari Kevin De Bryuyne va Jona Stounz, hamda "Arsenal" futbolchilari Martin Edegor va Bukayo Saka hamda "Tottenxem" sobiq sardori Xarri Keynni ortda qoldirdi.

Xoland Rud van Nistelroydan keyin ushbu sovrinni qo'lga kiritgan birinchi chet ellik futbolchi hisoblanadi. Gollandiyalik 2001/02-yilgi mavsumda ushbu nomga loyiq ko'rilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: