
36 yoshli Siril Gan 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda (AQSH) o'tkaziladigan UFC 334 turnirining markaziy jangida ishtirok etadi.
Malum bo'lishicha, unga o'sha kuni AQSH vakili Josh Xokit raqib bo'ladi. Jang og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tadi.
Bu Sirilning to'laqonli chempion sifatidagi ilk kamar himoyasi bo'ladi.
Malumot o'rnida, Gan faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Mag'lubiyatsiz odimlayotgan Josh Xokit hisobida esa 10 ta g'alaba mavjud.
