
"Anderlext" o'zining rasmiy sayti orqali Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar bilan shartnoma imzolaganini elon qildi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashdi.
Klublar kelishuv summasini oshkor qilishmadi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, belgiyaliklar futbolchi uchun 4 million evro to'laydi. Azar 2019 yildan beri "Borussiya"sida o'ynab kelmoqda. 30 yoshli xavbek o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida PSVda o'tkazdi.

"Garri bilan jang Islam faoliyatidagi eng og'ir janglardan biri bo'ldi" - Maxachevning murabbiyi
"Nega u ikki kamarni ushlab turibdi?" Xollouey UFC 330'dan keyin Maxachevga "tosh otdi"