SportUz.Tv

“Tottenxem” xorvatiyalik 16 yoshli vunderkindni xarid qiladi

11.09.2023 13:46    


Rasmni yuklab olish

“Tottenxem” “Xayduk”ning 16 yoshli markaziy himoyachisi Luki Vushkovichni xarid qilishga rozi bo'ldi.

Vushkovich fevral oyida 16 yoshga to'lishiga qaramasdan o'tgan mavsumda “Xayduk”ning asosiy tarkibidan joy oldi. U Xorvatiya chempionatida maydonga tushgan eng yosh o'yinchi va “Xayduk” safida gol urgan eng yosh o'yinchi hisoblanadi.

London klubi himoyachining transferi uchun Xorvatiya jamoasiga 12 million funt beradi. Luki 18 yoshiga qadar “Xayduk” safida harakat qiladi va 2025 yilda Londonga ko'chib keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: