SportUz.Tv

Levandovski "El Klassiko"da o'ynaydimi? Xavi javob berdi

21.10.2023 09:46    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Robert Levandovskining "Real"ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Umid qilamanki, u o'ynaydi. U o'zini yaxshi his qilyapti va oldinga intilmoqda. Unda balki og'riq bordir,. lekin Leva o'ynashni istaydi. U etakchi. Robert o'ynamoqchi va og'riq kundan-kunga kamaymoqda. 

Jarohatlar bazida taqvim sabab kelib chiqadi, bazida esa omadsizlikdan. Bizda uch nafar muhim futbolchida jarohat bor. Taqvim shu qadar tig'izki, bunday jarohatlar chiqib kelaveradi", - dedi Xavi.

Malumot uchun, "El Klassiko" 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va bizning vaqt bilan soat 19:15da boshlanadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: