
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 2023 yilda Yevropaning top-5 chempionatlarida xavfli vaziyatlarni yaratish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Portugaliyalik futbolchi yakunlangan yilda jamoadoshlarini 31 ta golli vaziyatga chiqardi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dastlabki 4 ta pog‘onini APLda o‘ynayotgan futbolchilar egalladi. Ikkinchi o‘rinni «Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold (29) egallagan bo‘lsak, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh (24) kuchli uchlikka kirdi. «Nyukasl» himoyachisi Kiran Trippyer (22) 4-pog‘onani band etdi.
Dortmundning «Borussiya» yarim himoyachisi Yulian Brandt va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann 2023 yilda 21 ta golli vaziyatni yuzaga keltirishdi.
"Bu haqda hamma jim". Striklend UFC’ni keskin tanqid qilib, tashkilotni tark etish niyatini bildirdi