
Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) 2023 yil yo‘lga qo‘yilgan FIDE Circuit aylanma tizimida shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Nodirbek Abdusattorov joriy yil may holatiga ko‘ra, 55,43 ball bilan yetakchi bo‘lib turibdi.
Jadval quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Nodirbek Abdusattorov — 55,43
2. Erigaisi Arjun — 52,36
3. Gukesh D — 41,16
4. Daniel Dardha — 34,89
5. Leon Luke Mendonsa — 28,89
6. Hans Moke Neymann — 28,51
7. Vladimir Fedoseev — 23,75
8. Praggnanandhaa — 23,60
9. Kirill Alekseenko — 22,62
10. Maksim Chigayev — 21,95.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov 3 kun oldin Shvesiyada o‘tgan xalqaro turnirda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik shaxmatchi asosiy davrada 4,5 ochko jamg‘arib, taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag‘lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylangandi.
Volkanovski Movsar Evloev ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishni vada qilmoqda
Islam Maxachev jang qilishi kutilayotgan UFC 336 turniri rasman tasdiqlandi + POSTER
Dana Uayt Xoakin Baklining qo'l berishdan bosh tortgani haqida: "Uni haydashni aytdim"