
Kechagi kun doirasida uch nafar bokschimiz o'zlarining ilk janglarini o'tkazdi. Hamyurtlarimizning ishtirokini boshlab bergan Amirjon Suponov (-50 kg) meksikalik Gael Rivasga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hakamlar 4:0 hisobidagi g'alabani Rivasga taqdim etishdi. Bu jahon chempionatidagi ilk yo'qotishimiz bo'ldi.
Qolgan ikki bokschimiz o'z janglarini ishonchli g'alaba bilan yakunlashdi. Elyor Rustamov (-55 kg) angliyalik ????????Ruben Xucmanni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. -85 kg vaznda ringga ko'tarilgan Sardorbek Bahromxo'jaev esa livanlik Adam Maadaranini birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Dana Uayt Xoakin Baklining qo'l berishdan bosh tortgani haqida: "Uni haydashni aytdim"