
O'shandan o'n kun o'tib, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Susurkaevning braziliyalik Rayan Gandra bilan bo'ladigan jangi bekor qilinganini aytishdi.
"12 dekabr kuni men jang qilishim kerak bo'lgan raqib Rayan Gandra edi, ammo endi u ham yo'q. Menda bitta savol bor: men haqiqatan ham shunchalik xavflimanmi yoki ularni mening chidamliligim qo'rqityaptimi? Xo'sh, yana bir nom paydo bo'ldi. Umid qilamanki, nihoyat kimdir menga qarshi chiqishga jurat etadi. Sizningcha, mening navbatdagi "qurbonim" kim bo'ladi?", – deb yozdi "Ovchi" (Oxotnik) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Aslida Baysangur Susurkaev 14 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 334 turnirida ishtirok etishi kerak edi, biroq jarohati tufayli amerikalik Donte Jonsonga qarshi jangdan voz kechishga majbur bo'lgandi.
Avvalroq, arubalik nokautchi Demian Pinas dekabr oyida Susurkaev bilan oktagonda uchrashishga tayyorligini bildirgan, biroq rossiyalik jangchi uni qo'rqoqlikda va jangdan bosh tortganlikda ayblagan edi.
UFC 335 turniri 12 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida CHarlz Oliveyra va Diego Lopes o'rtasidagi BMF chempionlik kamari uchun kechadi.

Dana Uayt Xoakin Baklining qo'l berishdan bosh tortgani haqida: "Uni haydashni aytdim"