SportUz.Tv

YECHL. Eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar (top-10)

03.06.2025 11:00    


Rasmni yuklab olish

Fransiyaning “PSJ” klubining to‘rt futbolchisi UYEFA Chempionlar Ligasida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan o‘yinchilar top-10 ligiga kirdi. Bu haqda Squawka nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, reytingda birinchi o‘rinni parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiy egalladi. U 36 ta golli vaziyat yaratgan. Ikkinchi o‘rinda “Barselona” vingeri Rafinya (32), uchinchi pog‘onadan esa “PSJ”ning yana bir a’zosi — Usmon Dembele (31) joy oldi. Bundan tashqari, parijliklar safidan Fabian Ruis va Bredli Barkolya ham reytingga kiritilgan.

2024/25 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan 10 futbolchi:

 1. Ashraf Hakimiy (“PSJ”) — 36
 2. Rafinya (“Barselona”) — 32
 3. Usmon Dembele (“PSJ”) — 31
 4. Jamol Musiala (“Bavariya”) — 28
 5. Joshua Kimmix (“Bavariya”) — 27
 6. Fabian Ruis (“PSJ”) — 26
 7. Florian Virs (“Bayer”) — 25
 8. Xristos Zolis (“Bryugge”) — 24
 9. Bredli Barkolya (“PSJ”) — 24
 10. Vinisius Junior (“Real”) — 23

Eslatib o‘tamiz, “PSJ” finalda “Inter”ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: