SportUz.Tv

Superliga. 1-tur o‘yinlariga qancha muxlis tashrif buyurdi?

02.03.2026 12:00    


Rasmni yuklab olish

O‘zPFL Superliganing 1-tur o‘yinlarini stadiondan tomosha qilish uchun qancha muxlis tashrif buyurgani haqidagi statistikani e’lon qildi.

Eng ko‘p tomoshabin "Andijon" - "So‘g‘diyona" o‘yiniga kirgan — 14180 nafar. Bu borada ikkinchi pog‘onani "Dinamo" - "Navbahor" o‘yini egalladi (9729 muxlis).

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Mash’al" o‘yini top-3 ga kirdi — 7255 nafar.

Eng kam muxlis tashrifi esa Toshkent viloyatida kuzatildi: "Lokomotiv" - "Surxon" ("Do‘stlik" stadioni — 323) va OKMK - "Bunyodkor" ("Olimpiya" stadioni — 1230).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: