SportUz.Tv

Oq uydagi UFC turniri kardi tayyor!

05.03.2026 13:18    


Rasmni yuklab olish

UFC rahbari Dana Uayt 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan va bir necha oydan beri chempionlarning ishtiroki bo'yicha katta munozaralarga sabab bo'layotgan turnirning kardini elon qilishini aytdi.

Katta ehtimol bilan, UFC 7 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 326 "Hollway-Oliveira 2" turniri oldidan bo'lib o'tadigan tadbirlardan birida katta oqshomning to'liq kardini rasman elon qiladi.

"Men shu hafta butun kardni elon qilaman, - dedi Uayt iFL TV’ga bergan intervyusida. - Butun kard tayyor. Biz uzoq vaqt hamma narsani sir saqladik. Oq doska qo'ydik va unga janglarni yozdik, keyin esa har bir uchrashuvdan keyin o'chirib tashladik. Odatda bu uchrashuvlar seshanba kunlari bo'lib o'tadi, ammo so'nggi ikki hafta davomida biz har kuni yig'ildik".

Fevral oyi o'rtalarida Uayt ular Oq uydagi turnir kardi ustida ishlashni yakunlaganini malum qilgan, biroq oqshom ishtirokchilari bilan shartnomalar hali imzolanmaganini takidlagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: