
Opta Analyst xabariga ko‘ra, Opta superkompyuteri Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumida chempionlik uchun asosiy favoritlarni aniqladi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, Angliya chempioni bo‘lish uchun eng yuqori imkoniyat amaldagi chempion — «Arsenal» klubida baholanmoqda (38%).
Jamoalarning APL 2026/2027 mavsumida g‘olib chiqish imkoniyatlari:
«Arsenal» — 38%
«Manchester Siti» — 20,5%
«Liverpul» — 9,2%
«Manchester Yunayted» — 6,2%
«Aston Villa» — 4,8%
«Chelsi» — 4,1%
«Tottenxem Xotspur» — 2,9%
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Jamoa 2025/2026 yilgi mavsumda 38 ta o‘yinda 85 ochko jamg‘argan edi. Ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» (78 ochko), uchinchi o‘rinni esa «Manchester Yunayted» (71 ochko) egallagan.
Mirafzal Axtamov va yana ikki vakilimiz Dubaydagi MMA turnirida ishtirok etadi + POSTER