
Bu haqda britaniyalik sportchi rossiyalikning Yen Machado Gerri ustidan qozongan g'alabasiga o'z munosabatini bildirib, tegishli videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
"Hisob xuddi mening Getjiga qarshi jangimdagidek. Yaxshiyamki, u endi mening divizionimda emas. U dunyodagi eng zo'ri!", – dedi Pimblett.
Bir hafta avval Islam Maxachev irlandiyalik Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. SHu bilan birga, rossiyalik ketma-ket 17-g'alabasini qo'lga kiritdi va afsonaviy Anderson Silvaning 13 yil davom etgan oldingi rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.

Karlos Prates UFC 334 turnirida Maxachev bilan jang qilmoqchi ekanligiga ishora qildi