
Slovakiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan aralash yakkakurash ustasining raqibasi braziliyalik Tainara Lisboa bo'ladi. Jabovaning shartnoma imzolagani va eng engil vazn toifasida debyut qilishi haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar berdi.
Tapology malumotlariga ko'ra, ayollar o'rtasidagi Evropa P4P reytingida birinchi o'rinni egallab turgan 28 yoshli Lyusiya Jabova Oktagon MMA bayrog'i ostida barcha o'nta professional g'alabasini qo'lga kiritgan, uning ishtirokidagi faqat uchta jang hakamlar qaroriga qadar etib borgan. Jabova oxirgi marta joriy yilning avgust oyida Lyusi Pudilovani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi.
Taqqoslash uchun, braziliyalik 35 yoshli Tainara Lisboa UFC’da to'rtta jang o'tkazgan va hozirda ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda.

Dana Uayt: "Yen Gerrida Maxachev bilan jang qilish imkoniyati boshqa hech qachon bo'lmaydi"