SportUz.Tv
iks
ads

"Bavariya" mavsum boshidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

10.10.2026 21:12    


Rasmni yuklab olish

Myunxenning "Bavariya" klubi joriy mavsumda o‘tkazgan dastlabki sakkizta uchrashuvining birortasida ham mag‘lubiyatga uchramadi.

Bugun Vensan Kompani shogirdlari Germaniya Bundesligasining 5-turi doirasida "Augsburg"ga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Shu tariqa, Myunxen klubi mavsum boshidan buyon davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini sakkizta uchrashuvga yetkazdi.

Ayni paytda "Bavariya" 11 ochko jamg‘argan holda Germaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa tur yakunlariga ko‘ra uchinchi pog‘onaga tushib qolishi ham mumkin.

"Bavariya" navbatdagi uchrashuvini 13 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Norvegiyaning "Viking" klubiga qarshi o‘tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: