SportUz.Tv
iks
ads

"Atletiko" ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

10.10.2026 21:24    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionatidagi g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.

Bugun Diyego Simeone shogirdlari La Liganing 8-turi doirasida "Alaves"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Madridliklar bunga qadar "Real Sosyedad"ni 3:0, "Osasuna"ni 4:0 va "Real"ni 2:1 hisobida yenggan edi.

Shu tariqa, "Atletiko" Ispaniya chempionatidagi g‘alabali seriyasini ketma-ket to‘rtta uchrashuvga yetkazdi.

Simeone jamoasi navbatdagi o‘yinini 13 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: