
Kecha Rossiya chempionatida 19-tur bahslari boshlandi. «Nijniy Novgorod» o‘z maydonida «Ural»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bahsning 19-daqiqasida «Nijniy Novgorod» safida zaxiradan maydonga tushirildi va o‘yin davomida faol harakat qildi. Natijada RPL Yo‘ldoshevni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topdi va unga esdalik sovg‘asini topshirdi.
"Bu haqda hamma jim". Striklend UFC’ni keskin tanqid qilib, tashkilotni tark etish niyatini bildirdi