
Kilian Mbappe CIES talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
CIES Football Observatory tadqiqot markazi dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini tuzib, ularning transfer qiymatini baholadi.
Reytingni 205,6 million yevroga baholangan «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe boshqarmoqda. «Real» forvardi Vinisius Junior (185,3 mln yevro) va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand (152,6 mln yevro) 2 va 3-o‘rinlarni band etdi.
Kuchli beshlikka Pedri («Barselona», 135,1) va Jud Bellinghem («Borussiya D» 133,7) yakun yasab berdi.
Qayd etish kerak, ushbu reytingda Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted») va Lionel Messi («PSJ») top-100 talikka ham kira olmadi.
CIES Football Observatory talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbolchilari:
1. Kilian Mbappe, «PSJ» – 205,6 mln yevro;
2. Vinisius Junior, «Real» – 185,3;
3. Erling Holand, «Manchester Siti» – 152,6;
4. Pedri, «Barselona» – 135,1;
5. Jud Bellingem, «Borussiya D» – 133,7;
6. Fil Foden, «Manchester Siti» – 124;
7. Frenki de Yong, «Barselona» – 112,5;
8. Luis Dias, «Liverpul» – 110;
9. Ruben Diash, «Manchester Siti» – 109,6;
10. Ferran Torres, «Barselona» – 109,5.
"Bunday urush paytida Oq uyda UFC turniri o'tkazish g'alati" - amerikalik tahlilchi
Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi