
"Takliflar doim bo'lgan. Saudiya Arabistonidan katta taklif bo'lgan edi. Ular menga jang taklif qilishgandi. Biroq 100 million dollar haqida eshitmaganman. Ammo, ular taklif qilgan summa ham deyarli shu atrofda edi", - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini mag'lub etganidan so'ng faoliyatini yakunlagandi. SHundan so'ng uning qaytishi haqida ko'plab fikrlar bildirilgan, lekin har safar Xabib qaytmasligini aytib kelgan.