SportUz.Tv

Topuriya Maxachev uchun navbatdagi raqib bo'lmaydi

15.02.2026 08:15    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachevning navbatdagi raqibi Iliya Topuriya emas, balki UFC’ning top yarim o'rta vazn toifasi vakili bo'ladi.

Bu haqda rossiyalik jangchining menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.

"Aniqlik kiritaman: Jastin Getji shubhasiz, navbatdagi davogar sifatida engil vazn toifasida chempionlik uchun kurashadi. Agar Topuriya buni istamasa, unda Jastin to'laqonli chempionlik kamariga navbatda turgan raqib bilan jang qiladi. Agar Islam Topuriyani do'pposlamoqchi bo'lsa, bu qaerda va qachon o'tkazilishini uning o'zi tanlaydi. Ammo Islamning navbatdagi jangi yarim o'rta vazn vakiliga qarshi bo'lishi aniq", - deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari sohibi Islam Maxachev 14 iyun kuni Oq uy yaqinida bo'lib o'tadigan bayram turnirida Topuriyaga qarshi jang qilish g'oyasi unga yoqqanini aytgandi.

Yarim o'rta divizionda rossiyalik bilan jang o'tkazish uchun asosiy nomzodlar Kamaru Usman, Maykl Morales va Ian Machado Garri bo'lib turibdi. Iliya Topuriya esa uch hafta oldin Peddi Pimblettni mag'lub etib, vaqtinchalik engil vazn toifasi chempioniga aylangan Jastin Getji bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishi kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: