
Malum bo'lishicha, o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov Rossiyada Avatr 12 rusumli elektromobilni xarid qilgan. Uning doimiy yashash manzili ham aynan Rossiya hisoblanadi.
Avatr 12 avtomobilining ushbu hududdagi taxminiy narxi 1 mlrd so'm atrofida ekanini takidlash lozim.
33 yoshli Bogdan Guskov faoliyati davomida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 18 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U ayni damda yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingida 10-o'rinni egallab turibdi.

