SportUz.Tv

Maks Xollouey va CHarlz Oliveyra ertangi jang uchun qancha gonorar oladi?

07.03.2026 16:27    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Las-Vegas shahridagi "Ti-Mobayl" arenada aralash yakkakurashlar bo'yicha UFC 326 turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning asosiy jangi Maks Xollouey va CHarlz Oliveyra o'rtasida engil vazn toifasidagi BMF kamari uchun kechadi. Maks va CHarlz o'rtasidagi jang uchun gonorarlar hozircha rasman oshkor qilinmagan. Ammo braziliyalik sobiq chempion Oliveyra polshalik Mateush Gamrot bilan avvalgi jangi uchun 571 000 dollar olgandi, shundan 50 ming dollari eng yaxshi natija uchun bonus, 21 ming dollari esa homiylik to'lovlari, deb xabar beradi Sporty Salaries portali.

2025 yilning yozida amerikalik sportchi Dastin Porega qarshi jang uchun Maks Xollouey taxminan 1,54 million dollar ishlab topgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: