SportUz.Tv

Iliya Topuriya mashg'ulotlarni boshladi

07.03.2026 16:06    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya navbatdagi jangiga to'laqonli tayyorgarlikka kirishdi.

U vaqtinchalik chempionlik unvoniga ega bo'lgan amerikalik Jastin Getji bilan birlashtiruvchi jang qilishi mumkin. Bu haqda "El Matador" jamoasiga yaqin bo'lgan ispaniyalik sport sharhlovchisi Alvaro Kolmenero malum qildi.

"Iliya Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi, Mayamida yashovchi Xesus Galo uning navbatdagi jangiga to'laqonli tayyorgarlikni boshlash uchun allaqachon Madridga etib kelgan. Barcha shaxsiy muammolar o'tmishda qoldi va u Madridda hozirdanoq mashg'ulotlarni boshlashi mumkin", - deb yozdi muxbir ijtimoiy tarmoqda.

SHu bilan birga, ispaniya-gruziyalik aralash yakkakurash ustasi tez orada uning jangi rasman elon qilinishini bildirdi.

"Yaqinda katta yangiliklar bo'ladi", - deb yozdi UFC chempioni.

Avvalroq Topuriya va Getjining to'qnashuvi 14 iyunga belgilangan Oq uy yaqinidagi UFC bayram turnirining asosiy voqeasi bo'lishi haqida xabar berilgan edi. Biroq keyinchalik bu scenariy bazi sabablarga ko'ra, shu jumladan geosiyosiy sabablarga ko'ra ehtimoldan yiroq deb topildi.

29 yoshli Ilya Topuriya oxirgi marta o'tgan yilning iyun oyida oktagonga ko'tarilgan, o'shanda u engil vazn toifasida vakant bo'lgan UFC chempionlik kamari uchun kechgan jangda CHarlz Oliveyrani birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: