SportUz.Tv

UFC navbatdagi yirik janglarni elon qildi (POSTER)

14.03.2026 12:42    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, UFC rahbari Dana Uayt kecha bir qator turnirlar uchun janglar ketma-ketligini elon qildi.

Xususan, eng engil vazn toifasida UFC'ning amerikalik sobiq chempioni Aljemeyn Sterlingning ham navbatdagi bahsi malum bo'ldi. U 25 aprel kuni UFC Apex'da tashkil etiladigan UFC Vegas 116 turnirining markaziy jangida Marokash vakili Yussef Zalal bilan to'qnash keladi.


Engil vazn toifasi reytingida 12-o'rinni egallab turgan tajribali amerikalik Benil Dariush esa 2 may kuni Avstraliyaning Pert shahrida tashkil etiladigan uFC Fight Night turnirining ikkinchi asosiy jangida mazkur yurt sharafini himoya qiluvchi Kuinllan Salkilld bilan bahs olib boradi.


Bundan tashqari, UFC yarim engil vazn toifasidagi reyting jangini anons qildi. Sakkizinchi o'rindagi angliyalik Arnold Allen 16 may kuni Las-Vegas mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turniri doirasida braziliyalik Melkizael Kosta bilan jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: