
27 mart kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida MMA bo'yicha ACA 201 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Saidyoqub Qahramonov ham ishtirok etishi kerak edi. U turnir doirasida armanistonlik German Barsegyan bilan jang qilishi bo'yicha xabar berilgandi.
Biroq turnir yakuniy kardidan Qahramonov-Barsegyan jangi o'rin olmadi. Bu haqda Liga ham, sportchi ham tushuntirish bermagan.
Eslatib o'tamiz, UFC cobiq jangchisi bo'lmish Qahramonov faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2025 yilning oktyabr oyida ACA 194 turniri doirasida misrlik Omar El Biliga qarshi o'tkazib, birinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
