SportUz.Tv

Benua Sen-Deni UFC’dagi navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi

20.03.2026 15:36    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasi UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Benua Sen-Deni qachon oktagonga qayitishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

"Iyul oyining o'rtalarida siz meni yana oktagonda 100 foiz formada ko'rasiz. Yo'limda uchragan har qanday odamni sindirishga tayyorman", - deya Sen-Denining so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi La Suer akkaunti.

Eslatib o'tamiz, Sidneydagi (Avstraliya) UFC 325 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida franciyalik aralash yakkakurash ustasi yangi zelandiyalik Den Xuker bilan oktagonni bo'lishgan edi. Jang ikkinchi raundda texnik nokaut bilan Sen-Denining g'alabasi bilan yakunlangandi. Benua uchun bu ketma-ket to'rtinchi g'alaba bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: