
Bugun UFC Fight Night 270 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi yarim engil vaznda o'tkaziladi va unda rossiyalik Movsar Evloev mezbonlar vakili Leron Myorfiga qarshgi oktagonga chiqadi.
Har ikki aralash yakkakurash ustasi belgilangan vazn meyorini bajardi. Evloev – 66.22 kg, Myorfi esa biroz engilroq 65.77 kg tosh bosdi. Ushbu jang potencial davogarlik maqomida bo'lib, g'olib avstraliyalik chempion Aleks Volkanovskining kamari uchun oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Prelim kardda jang qiluvchi ikki ayol sportchi - Ravena Oliyveyra va Luana Karolina belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Oliveyra birinchi eng engil vazn meyoridan 0,23, o'ta engil vazn vakilasi Karolina esa oz emas, ko'p emas, 3.63 kg ortiqcha vaznga ega ekani oydinlashgan. Ravena o'z gonorarining malum bir qismini raqibasi SHanel Dayerga beradi. Luana Karolinaning Melissa Mallinsga qarshi jangi bekor qilindi.
UFC Fight Night 270 tarozi natijalari
Movsar Evloev (66.22 kg) – Leron Myorfi (65.77 kg)
Maykl Asvell (65.77 kg) – Lyuk Rayli (66.22 kg)
Maykl Peyj (77.56 kg) – Sem Patterson (77.11 kg)
Ivo Baranevskiy (93.44 kg) – Ostin Leyn (92.99 kg)
Roman Dolidze (84.37 kg) – Kristian Leroy Dankan (84.37 kg)
Kyortis Kempbell (65.77 kg) – Denni Silva (65.77 kg)
Prelim kard janglari
Meyson Jons (70.76 kg) – Aksel Sola (70.76 kg)
Losene Keyta (66.22 kg) – Nataniel Vud (66.22 kg)
Brando Perichich (119.75 kg) – Lui Sazerlend (119.75 kg)
Mantas Kondratavichyus (83.91 kg) – Antoni Trokoli (83.91 kg)
Felipe Franko (102.97 kg) – Mario Pinto (116.57 kg)
Abdul-Karim Al-Selvadi (70.76 kg) – SHakum Rok (70.76 kg)
SHanel Dayer (52.62 kg) – Ravena Oliveyra (52.84 kg)*
Luana Karolina (65.32 kg)* – Melissa Mallins (61.69 kg)
