
Rossiyaning RCC promousheni 27 mart kuni Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadigan Karate Combat bilan qo'shma turnirini o'tkazadi.
Ushbu turnir doirasida Liana Jojua ham jang o'tkazadi. Uning raqibasi rossiyalik Diana Pogosyan bo'ladi.
Malumot uchun, 30 yoshli Liana Jojua aralash uslubdagi professional jangchi sifatida 2015 yilda debyut qilgan. 2019 yildan 2021 yilgacha UFC’da o'z janglarini o'tkazgan. Uning hisobida 10 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.
Mag'lubiyatsiz Diana Pogosyan esa 24 yoshda. Rossiyalik professional aralash jangchi sifatida 2024 yilda debyut qilgan. Uning hisobida 3 g'alaba bor.
