
Jumladan, 57,2 kg vazn toifasida amaldagi WBC chempioni amerikalik Bryus Kerrington dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri yaponiyalik Naoe Inouega "vyzov" tashladi.
"His qilyapmanki, uslub jihatidan men va Inoue o'rtasidagi jang amalsha oshsa, juda yaxshi bo'lardi. Ko'pchilik bu jangni ko'rishni xohlaydi, chunki u erda qiziqish bor - ikkalamiz ham muntazam ravishda nokaut evaziga g'alaba qozonamiz.
U pound-for-pound reytingidan joy olgan, chempionlik kamarlariga ega. Ammo bularning barchasi juda yaxshi o'ylanganini va biz bu jang haqida gaplashayotgan vaqtimizda u etarlicha pishib etilganini his qilyapman. Agar u 57,2 kg vaznga ko'tarilishga qaror qilsa, men o'sha erda bo'laman. Va men uni birinchi bo'lib mag'lub etgan bokschiga aylanaman", - dedi Kerrington.
Eslatib o'tamiz, Naoya Inoue ayni damda -55,3 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Yaponiyalik chempion navbatdagi jangini 2 may kuni Tokioda yaponiyalik boshqa bir yulduz Dzyunto Nakataniga qarshi o'tkazadi.
