
"Engilmas. Tokioga yo'l" nomli mazkur film taqdimotini muxlislar bilan bir qatorda nufuzli mehmonlar hamda sport olami vakillari kuzatib borishdi.
Jumladan, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, "Asian Boxing" tashkiloti vice-prezidenti Saken Polatov, O'zbekiston boks federaciyasi Bosh kotibi, "Asian Boxing" tashkiloti "Sport va musobaqalar" komissiyasi raisi SHohid Tillaboev, O'zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi To'lqin Qilichev hamda bokschilar va ularning oilalari tashrif buyurishdi.
SHuningdek, taqdimotda o'zbek sportining ko'plab yulduzlari va sanat olami namoyandalari ham jam bo'lishdi.



































