SportUz.Tv

Furqatbek Yoqubovning raqibi og'ir kasallik tufayli jang qila olmaydi - Mangu MMA

04.04.2026 18:24    


Rasmni yuklab olish

Malum qilganimizdek, 25 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 2 turniri o'tkaziladi.

Musobaqada 31 yoshli o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov (17-4) tojikistonlik Ayyom Xabirov bilan jang qilishi kerak edi.

Biroq Mangu MMA matbuot xizmatining xabar berishicha, Xabirov turnirda og'ir kasallik tufayli orttirilgan jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Yoqubovga esa hozirda boshqa raqib izlanayotgani aytiladi. 

Eslatib o'tamiz, Furqatbek Liganing ilk turnirida ham ishtirok etib, braziliyalik Nildo Nasimentoni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: