SportUz.Tv

UFC rosteridagi eng yosh ayol jangchi promoushendagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

06.04.2026 07:24    


Rasmni yuklab olish

Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida braziliyalik Elis Pereyra (6-1 MMA, 1-1 UFC) dunyoning eng kuchli ligasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

Uning ishtirokidagi jang kecha Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 272 turniri doirasida tashkil etildi. Elis raqibasi ikkinchi raundda Xeyli Kouen (7-5 MMA, 0-3 UFC)ni tizza zarbasi evaziga nokautga uchratdi. 

20 yoshli Pereyra UFC’da ishtirok etgan eng yosh ayol jangchi hisoblanadi. U tashkilotdagi debyutini o'tgan yilning sentyabr oyida 19 yoshida o'tkazgandi. O'shanda u hakamlarning alohida qarori bilan Montse Rendonga yutqazib qo'ygan edi. Braziliyalik qiz MMAdagi beshta g'alabasidan to'rttasini nokaut bilan yakunlagan.

2022 yilda UFC bilan shartnoma imzolagan 34 yoshli Kouen hali ham promoushendagi birinchi g'alabasini qo'lga kirita olmayapti. Jarohatlar girdobiga tushib qolgan Xeyli uchchala jangida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: