
Avvalroq, ikki sportchi o'rtasidagi bellashuv Mangu Ligasi turnirlaridan birida o'tkazilishi aytilgandi.
"Yaqinda Toshkentda ACA turnirida ishtirok etib, g'alaba bilan qaytdik. Men jang o'tkazayotgan vaqtimda Jasur degan murabbiy meni videoga olib, buni faqatgina Xotambek degan o'zbek jangchisi to'xtata oladi deb aytibdi. O'zbek xalqi, tarixingizga bir nazar solinglar, men shu vaqtgacha birorta o'zbekistonlik jangchiga mag'lub bo'lmaganman va mag'lub bo'lmayman ham. Senga ACA'ga kel degan bo'lardimku, lekin sen ACA darajasidagi jangchi emassan, u erga kelsang, shunchaki qop bo'lib qolasan. ACA'da raqobat juda kuchli va men u erda chempionlikka yaqinman, buni o'zing ham yaxshi bilasan. SHuning uchun Jasur aka, agar aytsangiz ACA turniridan tashqari greppling yoki kurash qoidalari bo'yicha bellashamiz, men tayyorman", dedi Esengulov.