SportUz.Tv

"SHahramga aslo past baho bermayman" - Ketterol

19.05.2026 12:36    


Rasmni yuklab olish

Angliyalik 32 yoshli Jek Ketterol hamyurtimiz SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazadigan jangi haqida fikr bildirdi.

"Bu jang rosti kutilmaganda paydo bo'ldi, lekin qanday ajoyib imkoniyat! Hozir bor etiborim faqat bir narsaga — chempionlik kamarini qo'lga kiritishga qaratilgan. Mashg'ulotlar ancha yaxshi o'tdi. Ajoyib sparringlar bo'ldi, zalda ham og'ir mehnat qildik, kuch ustida ishladik, yugurish mashqlari — xullas, hammasi joyida. Tayyorgarlikning barcha qismlarini mukammal tarzda birlashtira oldik. 

Bunday imkoniyat berilganidan juda minnatdorman, shu bilan birga, u erga borib g'alabani naqd qilishimga ishonchim komil. SHahramga aslo past baho bermayman. Hammamizga malum, yarim vazn toifasi juda raqobatbardosh. Bu erda tashkil qilsa bo'ladigan ajoyib janglar ko'p. Lekin hozir butun diqqat-etiborim faqat SHahramda. 

G'iyosov shu paytgacha oltita chapaqay bokschi bilan jang qilgan, shuning uchun uning chapaqaylarga qarshi qanday jang qilishi tasvirlangan videolarini jamoamiz bilan o'rganib chiqdik", dedi Ketterol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: