
Ushbu jang MVP turnirining uchinchi asosiy to'qnashuvi bo'lib, Ngannuning birinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
"Bugun Frensis juda yaxshi ko'rindi, ammo unga qarshilik qilgan jangchi taxminan 100 kg. vaznga ega edi. Filipe Frensis bilan ochiq jang qilishdan qo'rqdi. U aniq Ngannu darajasida emasdi. Frensis jangda juda ishonchli harakat qildi va kiklarini ham juda yaxshi ishlatdi. Keyin nima bo'lishini ko'rishni intiqlik bilan kutyapman", — dedi Jons MMA Fighting portaliga.
