SportUz.Tv

Rayan Garsiya keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi bo'yicha malumotlar tarqaldi

19.05.2026 13:39    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi, amerikalik Rayan Garsiyaning navbatdagi jangi tafsilotlari malum.

Xorijiy matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Rayan keyingi jangini britaniyalik Konor Bennga qarshi o'tkazadi. Ushbu to'qnashuv 15 avgust kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Bokschilar o'rtasidagi bellashuv Netflix orqali translyaciya qilinadi.

Konor Benn hozirda Dana Uayt boshchiligidagi Zuffa Boxing bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov 23 may kuni angliyalik Jek Ketterolga qarshi WBA Regular kamari uchun bahs olib boradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: