
Ushbu jang 15 iyun kuni Vashingtonda bo'lib o'tadigan UFC White House — Freedom 250 turniri doirasida tashkil etiladi. Jangda vaqtinchalik og'ir vazn chempionilik kamari o'rtaga qo'yiladi.
"Uning jismoniy holatidan xavotirda emasman. Hozir "Poatan" har doimgi vaznida, hatto ikki kiloga og'irroq ham. O'rta vaznda jang qilganida, mavsumlar oralig'ida 108 kg bo'lardi. Hozir esa og'ir vaznda Aleks vazn yig'ishni boshladi. Bir paytlar u 116 kg ham tosh bosgan. Ammo hozir 110 kg gacha tushdi va jismoniy holatini yaxshilab, yanada chaqqon bo'lishni xohlayapti. 110 kg vaznda Aleks juda tezkor va kuchli. SHuning uchun xavotirga o'rin yo'q", — dedi Teysheyra AgFight portaliga bergan intervyusida.