
UFC Vegas 119 turnirining asosiy jangi eng engil vazn toifasida o'tkazilib, unda reytingning ikkinchi pog'onasida borayotgan angolalik Manel Kape sobiq Rizin chempioni yaponiyalik Kiodji Xoriguchiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Xoriguchi reytingda beshinchi o'rinni band etgandi.
Xoriguchi jangni muvaffaqiyatli boshladi va ikki raundni parterdagi ustunlik evaziga o'z foydasiga hal qildi. Uchinchi besh daqiqalikda ham yaponiyalik aralash yakkakurash ustasi ustunlik qilayotgandi. Ammo Kape qisqa masofada o'ng qo'l xuk zarbasi bilan raqibini muvozanatdan chiqardi. Keyingi bosh qismiga berilgan zarbadan keyin referi Xerb Din jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu paytda uchinchi raundning 2-daqiqasi 42-soniyasi o'tib borayotgandi.
Eslatib o'tamiz, bu ikki sportchining o'zaro o'tkazgan ikkinchi jangi bo'ldi. 2017 yilda Rizin ligasida o'tgan ilk to'qnashuvda Xoriguchi ikkinchi raundda Manuelni bo'g'ish usuli bilan taslim etgan edi.

Toshkentda UFC turniri o'tkazilishi mumkin. Otabek Umarov Dana Uayt bilan uchrashdi + FOTO
Kamaru Usman oktagonga qaytyapti. U sobiq chempionga qarshi jang o'tkazadi + POSTER