
Nigeriyalik tajribali aralash yakkakurash ustasi UFC Fight Night 281 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi. Uning raqibi yana bir sobiq chempion Drikus Dyu Plessi bo'ladi. Plessi - Usman jangi 18 iyul kuni Oklaxomada bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 281 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
UFC sobiq chempionlari o'rtasidagi qarama-qarshilik avvalroq vaziyatga yaqin bo'lgan xabardor manbalar tomonidan malum qilingandi. Bugun ushbu jang tashkilot tomonidan rasman elon qilindi.
Malumot uchun, Kamaru Usman so'nggi jangini o'tgan yilning iyun oyida o'tkazib, besh raund yakunlariga ko'ra Xoakin Baklini mag'lubiyatga uchratgan edi. Bungacha liganing yarim o'rta vazn toifasida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan nigeriyalik 2023 yil oktyabr oyida o'rta vazn toifasida Xamzat CHimaev bilan qisqa muddatli jang o'tkazib, ko'pchilik ovoz bilan mag'lubiyatga uchragandi.
O'rta vazn toifasi UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Drikus Dyu Plesssi oxirgi marta oktagonga o'tgan yilning avgust oyida chiqqan va yakdil qaror bilan CHimaevga yutqazib, chempionlik kamarini boy bergandi. Bungacha janubiy afrikalik tashkilotda mag'lubiyatsiz odimlagan, u ketma-ket to'qqiz marta g'alaba qozongan va ikki marta chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Toshkentda UFC turniri o'tkazilishi mumkin. Otabek Umarov Dana Uayt bilan uchrashdi + FOTO
Kamaru Usman oktagonga qaytyapti. U sobiq chempionga qarshi jang o'tkazadi + POSTER