
Oqshomning asosiy jangida angolalik Manel Kape faoliyatidagi muhim g'alabasini qo'lga kiritdi. Eng engil vazn reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Kape potencial davogarlik jangida divizionning beshinchi pog'onasida borayotgan yaponiyalik Kiodji Xoriguchini uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Finishga qadar ochkolar hisobiga ko'ra yutqazayotgan Manel kambek evaziga g'alaba qozondi va 9 yil avvalgi mag'lubiyat uchun revansh oldi. Ilk jang Rizin ligasi Gran-prisi doirasida bo'lib o'tgandi. Bu Kapening ketma-ket qozongan to'rtinchi g'alabasi bo'ldi.
Ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangda yarim og'ir vaznda o'tkazilib, unda Yangi Zelandiya vakili Navaxo Stirling ligadagi beshinchi g'alabasini tantana qildi. U ikkinchi raundda moldovalik Ion Kucelabani texnik nokautga uchratdi.
Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qirg'izistonlik yarim engil vazn toifasi vakili Murtazali Magomedov UFC`dagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazdi. U 77-soniyadayoq Melsik Bagdasaryanni taslim etdi.
SHuningdek, gruziyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Levan CHoxeli ham dunyoning eng kuchli ligasidagi debyutini muvaffaqiyatli yakunladi. U 23 soniyadayoq Leon SHaxbazyanni texnik nokautga uchratdi.
Bu turnirda Kristian Rodriges, Vinishius Oliveyra va Beatris Meskita ham o'z janglarida muddatidan avvalgi g'alabalarini tantana qildi.
Fight Night 279 turnirining to'liq natijalari:
Asosiy kard janglari
Manel Kape Kiodji Xoriguchini texnik nokautga uchratdi (zarbalar) – 3-raund, 2:42
Navaxo Stirling Ion Kucelabani texnik nokaut evaziga taslim etdi (zarbalar) – 2-raund, 3:23
Kristian Rodriges Xayder Emilni texnik sabmishn (gilotina) evaziga engdi – 1-raund, 3:43
Murtazali Magomedov Melsik Bagdasaryanni sabmishn (tvister) qildi – 1-raund, 1:17
Vinishius Oliveyra Andre Filini texnik nokaut (qo'l va tirsak zarbalari) evaziga yutdi – 2-raund, 4:56
Prelim kard janglari
Kevin Borxas Andre Limani ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 29-28, 29-28)
Beatris Meskita raqibasi Melissa Mallinsni sabmishn (tirsak) qildi – 1-raund, 3:16
Mitch Rapozo Allan Nasimentodan hakamlarning ayri qarori evaziga yutdi (28-29, 29-28, 29-28)
Gaston Bolanos Maykl Asvelldan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)
Levan CHoxeli Leon SHaxbazyanni texnik nokaut eaziga (oyoqda zarba) engdi – 1-raund, 0:23
Luan Santos raqibasi Kerol Rosni taslim qildi (30-27, 30-27, 30-27)
SHeyn Kollinz Otari Tanzilovini mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)

Toshkentda UFC turniri o'tkazilishi mumkin. Otabek Umarov Dana Uayt bilan uchrashdi + FOTO
Kamaru Usman oktagonga qaytyapti. U sobiq chempionga qarshi jang o'tkazadi + POSTER